Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kamchatkadagi vulqon otilishi oqibatida havoga 7,5 km lik kul ustuni ko‘tarildi
Rossiyaning Kamchatka o‘lkasida Shiveluch vulqoni otilishi oqibatida havoga dengiz sathidan 7,5 km balandlikka yetadigan kul ustuni ko‘tarildi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.
“Vulqon mahalliy vaqt bilan 27 oktabrda ertalab otildi. Kul ustuni balandligini seysmik ma'lumotlar qarab baholash mumkin”, deb ma'lum qilindi Rossiya Fanlar akademiyasining geofizika xizmatining Kamchatkadagi bo‘limida.
Bo‘limda kulning vulqon atrofidagi aholi punktlariga tushgani haqidagi xabarlar kelib tushmagani ma'lum qilindi. Shiveluch vulqoni 5 ming kishi yashaydigan Klyuchi posyolkasidan 50 km uzoqlikda joylashgan.