Jahon | 08:19 / 27.10.2015
1957
1 daqiqa o‘qiladi

Kolumbiyada partizanlik hujumi oqibatida 11 nafar harbiy va politsiyachi halok bo‘ldi

Kolumbiyaning markaziy qismidagi Boyaka departamentida portlovchi qurilma va o‘qotar qurollardan foydalangan holda amalga oshirilgan partizanlik hujumi oqibatida 11 nafar harbiy va politsiyachi halok bo‘ldi, deb yozmoqda El Nuevo Herald nashri. Yana 3 kishi yaralangan.

Partizanlik hujumini Milliy ozod qilish partiyasi (ELN) vakillari amalga oshirgan deb hisoblanmoqda.

Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos ushbu hujumdan keyin armiyaga ELN isyonchilariga qarshi harakatlarni faollashtirishni buyurdi, hududga vaziyatni tahlil qilish uchun harbiy samolyot jo‘natildi. Hududga katta miqdorda armiya kuchlari tashlandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish