00:18 / 27.10.2015
3558

LG Display eng yirik TV-ekran sotuvchisiga aylandi

LG Display jahon bozorida o‘z mahsulotlari bilan yetakchilikni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda Yonhap agentligi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, LG Display 2015 yilning yanvar-sentabr oylari ichida 41,7 mln dona televizion panel ishlab chiqarga. Bu ushbu mahsulot bo‘yicha jahon bozorining 22,9 foiz ulushini tashkil etadi deganidir.

Tahlilchilarning fikricha, LG Display yil oxiriga qadar 55 mln. ekran chiqarib, o‘z yetakchiligini saqlab qoladi. Kompaniya Xitoy ishlab chiaruvchilari bilan mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. U, shuningdek, LG Electronics kmopaniyasining ham ajralmasbo‘lagi hisoblanadi.

TV-ekranlar ishlab chiqarish bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Tayvanning Innolux kompaniyasi egallagan. U joriy yilda 39 mln. dona (21,4 foiz) TV-panel ishlab chiqargan.
Ushbu sohada sobiq yetakchi Samsung Display esa 38,7 mln. lik ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘rinni qayd etgan.

Top