22:53 / 27.10.2015
3713

Moskva birjasida dollar kursi 65 rubldan oshdi

Bugun Moskva birjasida AQSh dollari 6 oktabrdan buyon birinchi marta 65 rubldan yuqori ko‘tarildi. Mazkur jarayon bevosita neft narxining tushishi bilan bog‘liq hisoblanmoqda.

AQSh dollari Moskva vaqti bilan soat 17.21da 65,063 dollarni tashkil etgan, yevro kursi esa 71,79 rublga teng bo‘lgan. Rublning dollarga nisbatan kursining o‘sib borishi neft narxi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, Brent turidagi neft narxi Moskva vaqti bilan soat 17:21da 2,23 foizga kamayib, bir barelli 46,48 dollarni tashkil etgan. WTI turidagi neft esa, 3 foizga kamayib, 42,68 dollarga tushgan.

Top