Iqtisodiyot | 11:07 / 27.10.2015
3428
1 daqiqa o‘qiladi

MTN ro‘yxatga olinmagan SIM-kartalar tufayli 5.2 mlrd dollar jarimaga tortildi

Shtab-kvartirasi Yoxannesburgda joylashgan MTN Group telekommunikatsion kompaniyasi ro‘yxatga olinmagan 5.1 mln SIM-kartalar tufayli 5.2 mlrd dollar jarimaga tortildi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Shu yilning avgustida kompaniya ro‘yxatsiz SIM-kartalarni o‘chirib qo‘yishi lozim edi. Ammo bu talabni bajarmagani bois Nigeriya bozor regulyatori tomonidan jarimaga tortildi. Har bir foydalanuvchi uchun kompaniya 200 ming nayr yoki ming dollar to‘lashga majbur bo‘ladi.
Kompaniya bu borada regulyator bilan muzokaralar olib borayotganini ma'lum qildi.