Jamiyat | 08:54 / 27.10.2015
3921
1 daqiqa o‘qiladi
Nyu-Jyersidagi xiyobonga kelgan ayiq 1 kunni daraxt shoxlarida o‘tkazdi
Nyu-Jyersi shtatining Morristaun shahridagi xiyobonga kelib qolgan ayiq, daraxtga chiqib olib, jamoatchilikning e'tiborini o‘ziga qaratdi.
26 oktabr kuni ushbu Baribal ayig‘i Morristaun Grin xiyoboniga kelgan va favvora atrofini aylanib chiqib, shu yerdagi daraxtlardan biriga chiqib olgan.
O‘rmondan kelgan mehmon kunbo‘yi shahar aholisining e'tiborida bo‘ldi. Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish agentligi xodimlari uning xavfsizligini ta'minlash uchun darax ostiga to‘r o‘rnatishdi. Politsiyachilar esa shahar aholisi xavfsizligini ta'minlash uchun harakat olib borishdi.
Baribal xodimlar tomonidan maxsus vosita bilan tinchlantirilib, undan DNK namunalari olingach, uni o‘rmonga olib borib qo‘yishdi.