O‘zbekiston | 10:19 / 27.10.2015
9144
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda sifat menejmenti bo‘yicha yangi standartlar joriy qilinadi

O‘zbekiston hukumati 19 oktabrda qabul qilingan qarorida besh yillik muddatda milliy infrastrukturani rivojlantirish dasturini tasdiqladi. Unga ko‘ra, 2020 yilga qadar mamlakatda sifat menejmenti bo‘yicha yangi standartlar joriy qilinadi.
Aytilishicha, 2020 yilga qadar O‘zbekistonda 174 yangi standart ishlab chiqilib, shulardan 71tasi qishloq va suv xo‘jaligi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, 43tasi mashinasozlik va elektrotexnik sanoatga, 17tasi neft-gaz sektori tizimiga oid bo‘ladi.

408 korxonada sifat menejmenti tizimi joriy qilinadi.
O‘zbekiston hukumati quyidagi 8 tizimni joriy qilishni tavsiya etmoqda:
ISO 9001 – Sifat menejmenti tizimi;
ISO 14001 – Ekologik menejment tizimi;
ISO 22000 – Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi menejmenti tizimi;
OHSAS 18001 – Sanoat xavfsizligi menejmenti tizimi;
ISO/TS 16949 – Avtomobil sanoatida sifati menejmenti tizimi;
GMP – Tegishli sanoat amaliyoti;
ISO 50001 – energetik menejment tizimi;
ISM – integratsiyalashgan menejment tizimi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish