O‘zbekiston | 11:52 / 27.10.2015
9498
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar 26 oktabr kungi zilzila vaqtida vahimaga tushishmadi

26 oktabr kuni Afg‘oniston hududida joylashgan Hindikush tog‘larida Toshkent vaqti bilan soat 14:09da 7,5 magnitudali zilzila yuz berdi. Yer silkinishi kuchi Hindiston poytaxtidan tortib, Rossiyaning Novosibirsk shahriga qadar sezilgan.

«Toshkent» markaziy seysmik stansiyasi axborotiga ko‘ra, zilzila kuchi Afg‘onistonga nisbatan yaqin Termiz shahrida 5,5 magnitudani tashkil etgan, Farg‘ona vodiysida 3—4, Toshkent va Samarqand shaharlarida esa 5 magnitudaga teng bo‘lgan.

O‘zbekistonliklar bu yer qimirlashiga oddiy tabiat hodisasi sifatida qarashgan va zilzila vaqtida vahimaga tushmasdan harakatlanishgan.

Toshkent shahrida zilzila asosan baland qavatli uylar, ofislar va jamoat tashkilotlari binolarida sezilarli ravishda sodir bo‘lgan hamda bunday binolardagi kishilar zilzila vaqtida xavfsizlik uchun tartib bo‘yicha tashqariga chiqib turishgan.

Hodisadan 5-10 daqiqa o‘tgach, ular o‘z ofislariga va xonalariga qaytib, ishlarini davom ettirishgan.

Qayd etilishicha, zilziladan keyin O‘zbekistondagi mobil aloqa operalari faoliyatida zo‘riqish kuzatilgan, kishilar tinimsiz ravishda o‘z yaqinlari ahvolidan xabar olish uchun ko‘plab qo‘niroqlarni amalga oshirishgan.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda bu zilzila keng muhokama mavzusi bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish