Jahon | 18:13 / 27.10.2015
2310
1 daqiqa o‘qiladi
Peterburg sudi “VKontakte” tarmog‘idagi MDK guruhini man qildi
Peterburgning Smolninsk tuman sudi “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi MDK guruhidagi axborotga chiqishni cheklash haqida qaror qabul qildi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
Sud hozircha hukmning motivirovka qismini o‘qib eshittirmadi. Shu bois sudyaning qarori hozircha kuchga kirgan deb hisoblanmaydi. Javobgarga apellyatsiya uchun 1 oy vaqt beriladi.
MDK brendi vakillari bo‘lmish “Sarafanka” kompaniyasi yuristlari bu borada biror rasmiy izoh berishmadi.
Hukmda ta'kidlanishicha, guruhdagi 695 albomning har birida pornografik xarakterdagi 400-600 fotosurat mavjud bo‘lib, ular bolalarning ruhiy sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Shuningdek, guruhda haqoratli so‘zlar ishtirok etgan postlar qoldiriladi.