Jahon | 09:51 / 27.10.2015
3277
1 daqiqa o‘qiladi
Pokistonda bombabardosh qamoqxona qurildi
Pokistonning Haybar-Pahtunhva viloyatida bomba zarbalariga dosh beruvchi og‘ir tartibdagi koloniya qurildi. 14 oktabr kuni Mardon shahrida ochilgan qamoqxonada o‘ta xavfli jinoyatchilar saqlanadi.
“Yangi zamonaviy qamoqxona 2014 yil 16 dekabrida Peshovardagi Davlat armiya maktabiga uyushtirilgan, 140 nafar tinglovchining o‘limiga olib kelgan hujumdan so‘ng qabul qilingan Milliy harakat dasturiga ko‘ra qurildi”, - deb xabar berdi viloyat axborot vaziri Mushtak G‘ani.
Haybar-Pahtunhva bosh vaziri Parvez Hattok ochilishi marosimida ishtirok etdi.
Qurilish ishlariga 1.75 mlrd rupiya yoki 16.8 mln dollar sarflandi. Unda 2.2 ming mahbus saqlanadi.