Jamiyat | 09:39 / 27.10.2015
1700
1 daqiqa o‘qiladi

Polshadagi saylovlarda sobiq bosh vazir partiyasi g‘alaba qozondi

Polshaning sobiq bosh vaziri Yaroslav Kachinskiy boshchilik qiladigan “Huquq va adolat” partiyasi parlament saylovlarida 37.58 foiz ovoz bilan g‘olib bo‘ldi, deb xabar beradi TVN24.

Ikkinchi o‘ringa 24.09 foiz ovoz to‘plagan “Fuqarolik platformasi” liberal-konservativ partiyasi ega bo‘ldi. Amaldagi bosh vazir Yeva Kopachning partiyasi 8 yildan buyon yetakchilik qilib kelayotgan edi.

Nihoyat, uchinchi o‘rin sohibiga Kukiz'15 partiyasi 8.81 foiz ovoz bilan aylandi. Shuningdek, “Zamonaviy Polsha” (7.60 foiz) va “Polsha dehqonlar partiyasi” (7.55 foiz) partiyalari parlamentda o‘rinlarga ega bo‘lishdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish