Jahon | 18:35 / 27.10.2015
13936
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda IShIDning Markaziy Osiyoda teraktlar uyushtirishga qancha pul sarflagani aytildi

Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi “Alfa” maxsus bo‘linmasi faxriylari birlashmasi raisi Artur Medetbekovning so‘zlariga qaraganda, IShID Markaziy Osiyoda teraktrlar uyushtirish, bu yerda odamlar yollash va boshqa ishlarga 70 mln dollar yo‘naltirganini bayon qildi. Bu haqda Qirg‘iziston axborot agentligi xabar bermoqda.

“Bir necha yil davomida IShID Kavkazda va Markaziy Osiyoda o‘z vakillarini yetishtirdi”, - dedi Medetbekov.

Ilgariroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin IShID tarkibida MDH davlatlaridan chiqqan 5-7 ming kishi jang qilayotganini ta'kidlagan edi. Shu munosabat bilan u MDH chegaralaridan boshlab IShIDga qarshilik ko‘rsatishni boshlash lozimligini aytib o‘tdi.