Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 14:55 / 27.10.2015
2523
1 daqiqa o‘qiladi
Rio olimpiadasida ilk marta qochqin maqomidagi sportchilar ishtirok etishi mumkin
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax 2016 yilda Braziliyada o‘tkaziladigan Rio-de-Janeyro olimpiadasida qochqinga aylangan sportchilar ham ishtirok etishi mumkinligini ma'lum qildi.
"Bu dunyodagi barcha qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash ramzi bo‘ladi. Ular biron terma jamoaga mansub bo‘lishmaydi. Ular olimpiya bayrog‘i ostida ishtirok etishadi", deydi Bax AR nashriga bergan intervyusida.
Ma'lumot uchun, Rio olimpiadasi 2016 yilning 5 avgustidan 21 avgustgacha bo‘lib o‘tadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish