Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Mudofaa vazirligi: Rossiya aviatsiyasi Lataqiyada IShID jangarilarining uchta punktini yo‘q qildi
Rossiya aviaguruhi Suriyaning Lataqiya viloyatida IShID jangarilarining uchta punktini yo‘q qildi. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili, general-mayor Igor Konashenkov ma'lum qildi.
“Lataqiya viloyatidagi Salma aholi punkti yaqinida Su-25 shturmchi samolyotlari tomonidan blindaj, dot va minomyot pozitsiyalari bilan jihozlangan IShID jangarilarining uchta punkti yo‘q qilindi”, deb aytdi Konashenkov.
Konashenkovning aytishicha, Rossiyaning Suriyadagi aviaguruhi oxirgi kunlar davomida IShID va “Jibhad an-Nusra” terrorchilik guruhlarining obektlariga zarbalar berishni davom ettirdi.
“Oxirgi 3 kun ichida Rossiya aviaguruhi samolyotlari 164 ta jangovor parvoz amalga oshirdi va IShIDnning 285 ta obektiga zarba berdi. Kechagi kunda aviatsiya 59 ta parvoz amalga oshirib, Xama, Idlib, Lataqiya, Damashq, Halab, Dayr-az-Zo‘r viloyatlaridagi jangarilarning 94 ta obektini aniq nishonga oldi”, deb qo‘shimcha qilib o‘tdi Konashenkov.