Jahon | 17:52 / 27.10.2015
4627
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik talaba qizni yollaganlikda gumon qilinayotgan IShID tarafdorlari qo‘lga olindi

Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari Moskva Davlat universitetining falsafa fakulteti talabasi Varvara Karaulovani IShID saflariga jalb qilishda gumon qilinayotgan shaxslarni qo‘lga oldi. Bu haqda RIA «Novosti» agentligi xabar bermoqda.

Karaulovlar oilasi advokati Aleksandr Karabanovning so‘zlariga qaraganda, Varvara bu voqea yuzasidan ko‘rsatma berish uchun tegishli idoralarga chaqirilgan. Undan birinchi navbatda voqea tafsilotlarini tushuntirib berish so‘ralgan.

Ilgariroq Varvara Karaulova o‘zining sherigi bilan IShID qarorgohlaridan biriga yo‘l olgan paytda Chechenistonda qo‘lga olingani xabar qilingan edi. Rossiya tergov qo‘mitasi bu voqea yuzasidan ish qo‘zg‘atmagan edi.