00:14 / 27.10.2015
5817

Toyota Tokio avtosalonida xavfsizlik yostiqchasidan yasalgan mashinalarni namoyish etadi

Toyota konsernining bo‘limi hisoblanmish avtomobil qismlari ishlab chiqaruvchi Toyoda Gosei kompaniyasi Tokioda bo‘lib o‘tadigan avtosalonda o‘zining Flesby kontsept-kari bilan ishtirok etadi. Prototipning eng asosiy xususiyati uning butun bir kuzovi, piyodalarga xavf solmaslik maqsadida xavfsizlik yostiqchalaridan yasalgan.

Bu yostiqchalar aynan qanday ishlashi haqida kompaniya hali hech narsa demagan. Faqatgina himoya vositalaridan tashkil topgan boshqa bir kontseptning chizmalari oshkor etilgan. Bundan tashqari, Flesby piyodalarga yaqinlashganda LED elementidan tuzilgan ovoz chiqargichlarni ishga tushirishi haqida aytib o‘tilgan.

Shuningdek, Tokioda Fesby kontseptiga o‘xshab ketuvchi Toyoda Gosei mashinasi ham namoyish etiladi. Uning kabinasi, rangi va musiqasi haydovchining kayfiyatiga qarab moslashtiriladi. Uni joystik shaklidagi rul orqali boshqarish imkoni bo‘ladi. ushbu avtomobillar 2030 yilda ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

Tokio avtosaloni joriy yilning 29 oktabridan 8 noyabriga qadar davom etadi.

Top