Jamiyat | 09:06 / 27.10.2015
4468
1 daqiqa o‘qiladi
Tramp o‘z biznesini qanday boshlaganini aytib berdi
AQSh prezidentligiga nomzodlardan biri Donald Tramp NBC telekanali efirida o‘zining biznesdagi faoliyati qanday boshlanganini gapirib berdi.
Yaqinda u Nyu-Hempshir shtatiga yo‘l olib, u yerda saylovchilar bilan bir soatlik uchrashuv o‘tkazdi. Ko‘plab savollar qatorida uning biznesga kirib kelishi masalasi ham ishtirokchilarni qiziqtirdi.
Trampning so‘zlariga qaraganda, u o‘zining otasidan “bir million dollarlik kichikroq kredit” shaklidagi “uncha katta bo‘lmagan yordam” olgan. U otasiga bu pullarni foizlari bilan qaytarganini aytdi.