Jahon | 17:25 / 27.10.2015
5801
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya gaz masalasida Rossiyani sudga berdi

Turkiyaning Botas davlat kompaniyasi Rossiya ustidan gaz narxlari tufayli xalqaro hakamlik sudiga da'vo arizasi kiritdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

“Turkiya Rossiya gazining narxi yuzasidan xalqaro hakamlik sudiga da'vo arizasi kiritadi”, - deyiladi Turkiya energetika vazirligi tarqatgan xabarnomada. Kompaniya 2014 yil 29 dekabridan boshlab “Gazprom”dan sotib olingan gaz narxini qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda.