Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyalik shifokorlar O‘zbekistonda 100 ga yaqin bolada jarrohlik operatsiyasi o‘tkazdilar
Turkiyalik shifokorlar “Bola tabassumi – oila quvonchi” tadbiri doirasida O‘zbekistonning sharqiy viloyatlarida 100 ga yaqin bolada jarrohlik operatsiyasi o‘tkazdilar. Bu haqda “Sog‘lom kelajak uchun” nodavlat jamg‘armasida RIA “Novosti” axborot agentligiga ma'lum qilindi.
17 nafar shifokordan iborat Turkiya delegatsiyasi O‘zbekistonga 16-23 oktabrda Turkiyaning hamkorlik va taraqqiyot agentligi ko‘magida keldi.
Turkiyalik shifokorlar Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli bolalar markazida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan kelgan, yuz qismida tug‘ma va kuyishdan olingan nuqsonlar hamda tepa lab va qattiq tanglayida tug‘ma nuqsonlarga ega bolalarni batafsil tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdilar.
Bu tadbir turkiyalik shifokorlar ishtirokida O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan ikkinchi tadbirdir. 2014 yilning oktabrida turkiyalik jarrohlar tomonidan 100 ga yaqin bola operatsiya qilingan. 2009 yilning mayida esa turkiyalik shifokorlar O‘zbekistonda 1100 dan ko‘proq ayol va bolalarni tekshiruvdan o‘tkazib, ulardan 366 nafar bola operatsiya qilingan edi.