Jamiyat | 23:46 / 27.10.2015
14620
1 daqiqa o‘qiladi

Vera Brejneva o‘z to‘yidan qochib ketdi (video)

“VIA Gra” guruhining sobiq qatnashchisi Vera Brejneva va guruh prodyuseri Konstantin Meladze o‘z munosabatlarini Italiyada qonunlashtirishdi. Juftlik qayd etilgan Forte-Day-Marmi merligidan qo‘shiqchi qochib ketdi.

Vera Brejneva va Konstantin Meladze uzoq yillik sir tutilgan munosabatlardan so‘ng, qonuniy er va xotinlarga aylanishdi. Prodyuser va qo‘shiqchi o‘z to‘ylarini Italiyada o‘tkazishga qaror qilishdi. Ularning nikohini Forte-Day-Marmi shahri meri Umberto Buratti qayd etdi. Internetda ularga bag‘ishlangan video paydo bo‘ldi.

Qisqa videorolikda shu narsa ma'lum bo‘ladiki, Vera Brejneva endilikdagi turmush o‘rtog‘i Konstantin Meladzedan qochib ketadi.

Sevishganlar bir qarashda to‘ylari bo‘layotgan insonlarga o‘xshashmagan: Brejneva ozroq bezak berilgan sodda kuylakda, Meladze bo‘lsa jinsi shim, havorang pidjakda va galstuksiz bo‘lgan.