Texnologiya | 22:51 / 27.10.2015
2066
1 daqiqa o‘qiladi

Wal-Mart yetkazib beruvchi uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlarini sinovdan o‘tkazmoqchi

Dunyoda yirik gipermarketlar tarmog‘iga ega Wal-Mart kompaniyasi xaridorlarga o‘zi buyurtma qilgan mahsulotini yetkazib berish maqsadida, uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlarini sinovdan o‘tkazmoqchi. Kompaniya AQSh hukumatiga buning uchun ruxsat berishlarini so‘ragan.

Reuters nashrining yozishicha kompaniya bir necha oylardan beri yopiq hududda shu kabi qurilmalarni sinovdan o‘tkazib kelyapti, endi uni ochiq hududda sinovdan o‘tkazmoqchi. Bu borada Xitoyning DJI Technology Co Ltd kompaniyasining uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlaridan foydalanish nazarda tutilgan.

Riteyler ushbu apparatlardan nafaqat omborxonalarda, balki avtotransport olib kelish uchun, shuningdek, boshqa vazifalar uchun ham qo‘llamoqchi. Bundan tashqari, uchuvchisiz boshqariladigan apparatlardan xaridorlarning uyiga mahsulot olib borib berish borasida ham sinov ishlari olib borilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish