Xalk "Zenit" bilan shartnomasini 2025 yilgacha uzaytirishni istaydi
Braziyaliyalik futbolchi Xalk "Zenit"dagi faoliyatini yana uzoq yillar davomida davom ettirishni istashini tan oldi. U Sankt-Peterburgda o‘zini baxtli his qilayotganini qo‘shimcha qilib o‘tgan.
Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilgacha tuzilgan.
"Men avval ham aytganman, yana takrorlayman, "Zenit"da o‘zimni baxtli his qilayapman. Men Peterburgni, "Zenit"ni va jamoa muxlislarini sevaman. Amaldagi shartnomam 2019 yilda nihoyasiga yetadi, agar rahbariyat taklif qilsa va muxlislar istashsa, 2025 yilgacha shu jamoada qolishni istayman", deydi 29 yoshli futbolchi "Zenit"ning rasmiy sayti uchun bergan intervyusida.
Ma'lumot uchun, Xalk joriy mavsumda "Zenit" tarkibida RPLning 13ta o‘yinida 7ta gol urgan va 13ta golli pas uzatgan. Uning hisobida YeChLning 3ta o‘yinidagi 3ta gol va 2ta golli pas ham mavjud.