Jahon | 19:26 / 27.10.2015
2454
1 daqiqa o‘qiladi

Hasan Ruhoniy: Eronga qarshi sanksiyalar yil oxiriga qadar olib tashlanadi

Eronga qarshi sanksiyalar yadro dasturi xulosalariga muvofiq joriy yil oxiriga qadar olib tashlanadi.

Bu haqda Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning so‘zlariga asoslanib, Reuters agentligi xabar bermoqda.

"Rejalarimizga muvofiq, Eron Islom Respublikasiga qarshi qaratilgan sanksiyalar 2015 yil oxiriga qadar olib tashlanadi”, - dedi u Ispaniya elchisiga ishonch yorlig‘i topshirish vaqtida.

Joriy yilning 14 iyul kuni Venada Eron yadroviy dasturi masalasida qo‘shma kompleks rejasining yakunlari qabul qilingan edi. Unga muvofiq Eron plutoniydan bo‘lgan qurollar ishlab chiqarmasligi, 15 yil davomida ularning ixtiyoridagi uranning miqdori 300 kg dan oshmasligi hamda yadro obektlari qurishi mumkin emas.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish