Sport | 20:59 / 27.10.2015
2433
1 daqiqa o‘qiladi

"Xoffenxaym" jamoasini keyingi mavsumdan boshlab 28 yoshli murabbiy boshqaradi

Germaniya bundesligasi ishtirokchisi "Xoffenxaym" jamoasining yoshlari bilan ishlovchi 28 yoshli mutaxassis Yulian Nagelsman keyingi mavsumdan boshlab jamoada bosh murabbiy sifatida ishlaydi. U bilan 3 yillik shartnoma tuzilgan.

Ayni vaqtda jamoani boshqarib turgan Xub Stivens bilan joriy mavsum so‘ngigacha bitim tuzilgan.

U jamoada yaqinda ishdan bo‘shatilgan sobiq bosh murabbiy Markus Gizdolning o‘rniga vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida tayinlangandi.

Ma'lumot uchun, Nagelsman 2010 yilda, 23 yoshida jamoada ish boshlagandi.

Qayd etish kerakki, joriy mavsumda "Xoffenxaym" bundesliganing 10 turidan keyin 1 g‘alaba, 3 durang va 6 mag‘lubiyat qayd etgan holda (6 ochko) 17-o‘rinni band etib turibdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish