Jahon | 15:00 / 27.10.2015
3819
1 daqiqa o‘qiladi
XXR TIV AQShning Janubiy Xitoy dengizidagi harakatlariga e'tiroz bildirdi
Xitoy hukumati AQShning Janubiy Xitoy dengizidagi harakatlariga e'tiroz bildirdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Mamlakat tashqi ishlar vazirligi tarqatgan bayonotga ko‘ra, AQSh eskadrilya mina tashuvchisining XXRning Janubiy Xitoy dengizidagi 12 milyali zonasiga kirishi Xitoyning suvereniteti va xavfsizligini jiddiy tahdidga qo‘yadi va mintaqadagi vaziyatni izdan chiqarishga qodir.
Tashqi ishlar vaziri Van I AQShni bu harakatlarini qayta ko‘rib chiqishga, chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, AQShning USS Lassen harbiy kemasi dengizda Xitoy tomonidan yaratilgan sun'iy orollar hududiga kirib kelib, mintaqani patrul qila boshlagani xabar qilingan edi.