Jamiyat | 20:28 / 27.10.2015
3364
1 daqiqa o‘qiladi

Yo‘lsozlar Toshkentning Sirg‘ali tumanidagi anchadan beri tanqid qilib kelinayotgan yo‘lni asfaltlashdi

Yo‘lsozlar Toshkentning Sirg‘ali tumanidagi, O‘zbekiston televideniyesi orqali bir necha bor tanqid qilib kelinayotgan yo‘lni asfaltlashdi.

Voqea joyidan olingan fotosuratlar Feysbukdagi “Voditeli Tashkenta” guruhining sahifasida joylashtirildi.

“Mo‘'jiza yuz berdi. Nihoyat Sirg‘aliga asfalt olib kelishdi”, deb o‘z xursandchiligini yashira olmayapti fotosuratlar va xabar muallifi.

“Axir bu yo‘l Sirg‘alining “diqqatga savozor mashhur joyi ediku”. Bu ko‘cha teleefirlar “yulduz”i, bir necha bor televideniye orqali ko‘rsatilgan”, deb kinoyali izoh bermoqda yana bir foydalanuvchi.

Avvalroq 25 oktabrda bu tumanda yo‘l quruvchilar avtomobil yo‘llarini ta'mirlashni boshlaganlari ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish