Jahon | 09:38 / 27.10.2015
2225
1 daqiqa o‘qiladi

“Kassini” zondi Entselad shleyfidan rekord darajadagi pastlikda o‘tadi

28 oktabr kuni “Kassini” kosmik zondi Saturnning Entselad tabiiy yo‘ldoshining suv shleyfidan rekord darajadagi pastlikda o‘tadi. Bu haqda NASA agentligining sayti orqali xabar berildi.

Zondning vazifasi muzli yo‘ldoshning janubiy qutb hududidan chiqayotgan suv tashlanmalarining kimyoviy tahlilini o‘tkazishdir.
1997 yili uchirilib, 2004 yili Saturnga yetib borgan “Kassini” Entseladning faol shleyfiga hali hech qachon bunchalik yaqinlashmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish