Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Astmaga qarshi dorilar keksa kishilarning miyasini faol ishlashiga sabab bo‘ladi
Olimlarning aniqlashicha, bronxial astmaga qarshi ishlab chiqarilgan preparatlar miya faoliyatini yaxshilovchi yangi to‘qimalarning vujudga kelishiga sababchi bo‘lar ekan. Tadqiqot Nature Communications jurnalida e'lon qilingan.
Biologlar bu yangilikni 4 oylikdan 20 oylik yoshgacha bo‘lgan sichqonlarda sinab ko‘rishdi. Kemiruvchilarga olti hafta mobaynida montelukast aktiv moddasiga ega preparat berib borishdi. Montelukast — aynan bronxial astmani davolashda qo‘llaniladigan preparat hisoblanadi.
Tadqiqot natijasida shu narsa oydinlashdiki, keksa sichqonlar pareparatni iste'mol qilishni boshlashgach, ularning miyasida yangi to‘qimalar vujudga kelgan, qolaversa, ularning aqliy xususiyatlari ham yaxshilangan. Yosh kemiruvchilarda esa aqliy xususiyatning oshishi kuzatilmagan.