Jamiyat | 08:38 / 28.10.2015
2200
1 daqiqa o‘qiladi

Bishkekda uysizlar uchun boshpanalar ochiladi

Sovuq kunlar boshlanishi munosabati bilan Qirg‘iziston poytaxtida uysizlar uchun boshpanalar tashkil qilinadi. Bu haqda Bishkek hokimiyati xabar qildi.
Ayni paytda shaharda bunday insonlarga mo‘ljallangan vaqtinchalik va doimiy muassasalar ishlamoqda.

2015/2016 yilgi qish mavsumida yana ikkita bunday boshpana ishga tushib, u uysizlarga tungi payt uchun yotoqxona vazifasini bajaradi, shuningdek, ularga bir martalik issiq ovqat taqdim qilinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish