Jahon | 19:59 / 28.10.2015
3253
2 daqiqa o‘qiladi

BMT Eronda qatllar soni oshganini qoraladi

BMT huquq himoyachilari Eronda amalga oshirilayotgan o‘lim jazolari sonining keskin oshib ketganidan xavotirlanmoqdalar, deb ma'lum qilmoqda Spiegel nashri.

BMTning Erondagi inson huquqlari masalalari bo‘yicha ma'ruzachisi Ahmad Shohidning ta'kidlashicha, 2005 yildan beri Eronda qatllar soni muntazam oshib borgan. Uning aytishicha, Eronda har yili dunyoning istalgan boshqa davlatidan ko‘proq qatllar amalga oshiriladi.

Shohidning ta'kidlashicha, Eronda 2014 yilda 753 kishi qatl etilgan, biroq 2015 yilda qatllar soni mingdan oshib ketishi mumkin. Uning aytishicha, amalga oshirilgan qatllarning aksariyati xalqaro huquqqa ziddir.

BMT ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarmida 69 foiz qatl etilganlar giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar uchun qatl etilgan. Shohidning aytishicha, ba'zilar feysbukda yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlarda bildirgan fikrlari uchun qatl etilgan. Shohid Eron hukumatini jiddiy jinoyatlardan boshqa barcha jinoyatlar uchun o‘lim jazosiga taqiqlov kiritishga chaqirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish