Jahon | 00:19 / 28.10.2015
2755
1 daqiqa o‘qiladi

BMT: Suriyadagi gumanitar yordamga muhtoj kishilar soni 13,5 mln nafarga yetdi

Suriyadagi gumanitar yordamga muhtoj kishilar soni 1,2 mln. nafarga oshdi va umumiy hisobda 13,5 mln ga yetdi. Bu haqda gumanitar masalalar bo‘yicha BMT bosh kotibi yordamchisi Stiven O'Brayyen Xalqaro xavfsizlik tashkilotining kengashidagi nutqida bayon qilgan.

"Suriyadagi vaziyat yil boshiga qaraganda yomonlashdi", - dedi u. uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda 6,5 mln nafar ko‘chirilgan shaxs bor. 4,2 mln nafar kishi esa xavfsiz boshpana izlab, o‘z uylarini tashlab ketgan qochqinlardir. BMT bosh kotibi o‘rinbosarining ta'kidlashicha, Suriya shimoli-g‘arbidagi 120 ming kishi “havodan bo‘layotgan aviazarbalar va yerdagi operatsiyalar tufayli” o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lib turishibdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish