Rossiya federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov O‘zbekiston terrorchilikka qarshi kurashda ijobiy tajriba to‘play olganini hamda MDHning boshqa davlatlari bu tajribadan unumli foydalanishlari mumkinligini ta'kidladi.
Bu haqda u MDH davlatlari xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining 39-yig‘ilishidagi chiqishida aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, terrorchilik ideologiyalari tarafdorlarining MDH ichidagi harakatlarini tinimsiz kuzatib borish va bu borada axborot almashishni yo‘lga qo‘yish zarur.