11:58 / 28.10.2015
3377

"Chelsi" Mourino bosh murabbiyligida beshinchi marta penaltilar seriyasini boy berdi

"Chelsi" Mourino murabbiyligida penaltilar seriyasida g‘alaba qozona olmaslik an'anasini davom ettirdi.

Jamoa 27 oktabr kuni Angliya ligasi kubogining to‘rtinchi bosqichida "Stok Siti" bilan o‘ynadi va durang natijadan keyin belgilangan penaltilar seriyasida 4:5 hisobida yutqazdi.

Beshinchi bo‘lib zarba bergan Eden Azar "Stok Siti" darvozaboni Jyek Batdendni alday olmadi.

Shu tariqa, "Chelsi" Joze Mourino bosh murabbiyligida 5 marta penaltilar seriyasida ishtirok etib, biron marta g‘alaba qila olmadi. "Stok Siti" uchun esa bu beshinchi marta ketma-ket penaltilar seriyasini o‘z foydasi uchun hal qilish bo‘ldi.

Top