Jahon | 08:45 / 28.10.2015
3607
1 daqiqa o‘qiladi

Eron Suriya bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etish uchun taklif qilindi

Eron hukumati birinchi marta Suriya bo‘yicha xalqaro muzokaralarda qatnashish uchun taklif qilindi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Bu haqda AQSh ma'muriyati vakili ma'lum qildi. Qolgan tafsilotlar ma'lum qilinmagan.

Avvalroq Yevropa Ittifoqining xorijiy ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini YeI Eronning Suriyadagi ixtilofni hal qilish bo‘yicha muzokaralar jarayonida ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlashini aytgan edi.

O‘z navbatida AQSh Davlat kotibi Jon Kerri ham Eronga bu muzokaralarda ishtirok etishni taklif qilishi mumkinligini aytgan edi.