Texnologiya | 10:11 / 28.10.2015
2510
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqi hududida 2017 yilga borib rouming bekor qilinadi

Yevropa parlamenti Yevroittifoq hududida 2017 yilga borib rouming tugatilishi haqida yakuniy ovoz berdi, deb ma'lum qilmoqda Techradar.

Telefon orqali chet eldan turib gaplashish endi qimmat bo‘lmaydi. Bunday o‘zgarishni 2017 yilning 15 iyuniga qadar kutish shart emas, siyosatchilar ushbu o‘zgarishni 2016 yilning aprelida amalga oshirish haqda ovoz berishdi. O‘zgarishlar o‘zida quyidagi qiymatlarni oladi: chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning daqiqasi 0,05 yevro, bir dona SMS narxi 0,02 yevro va mobil internetning bir mb uchun 0,05 yevro etib belgilandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish