Yevropa va Markaziy Osiyoda biznes muhiti yaxshilanmoqda
Oxirgi yil davomida Yevropa va Markaziy Osiyoning 90 foiz davlatlarida tadbirkorlik muhitini yaxshilashga qaratilgan islohotlar o‘tkazildi. Bu haqda Jahon bankining biznes yuritish sharoitlarini o‘rganish bo‘yicha guruhi tayyorlagan yillik hisobotida ta'kidlandi.
“Biznes yuritish 2016: boshqarish sifati va samaradorligini baholash” hisobotida 25 davlatdan 23tasida o‘tkazilgan jami 58 islohot qayd qilindi.
Global reytingda 41-o‘rinda turuvchi Qozog‘iston hisobot davrida 7 islohot o‘tkazgan bo‘lib, bu eng yuqori ko‘rsatkichdir. Ulardan so‘ng Kipr (47-o‘rin) va Rossiya (51-o‘rin) bo‘lib, har birida 5tadan islohot o‘tkazilgan.
Shu bilan birga, butun dunyo miqyosida jami bu yo‘nalishda 231 islohot o‘tkazildi. Shulardan 25 foizi Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlariga to‘g‘ri keladi. Shu mintaqada eng yaxshi natijalar ko‘rsatgan kuchli o‘nlikka kiruvchi 3 davlat joylashgan: Qozog‘iston, Kipr va O‘zbekiston.