Jahon | 09:50 / 28.10.2015
4337
1 daqiqa o‘qiladi
FT: AQSh IShIDning neft o‘choqlarini bombardimon etishni mo‘ljallamoqda
AQSh armiyasi qo‘mondonlar shtabi boshlig‘i general Jozef Danford “Iroq va Shom islom davlati” terrorchilik guruhining neft obektlarini bombardimon qilinishi haqda ma'lum qildi, deb yozmoqda Financial Times.
Uning ta'kidlashicha, AQSh terrorchilar tomonidan ega chiqilgan neft o‘choqlariga “yanada tajovuzkor” aviazarbalar beradi.
O‘z navbatida, Pentagon rahbari Eshton Karter ham IShIDga qarshi harbiy harakatlar kuchaytirilishini ma'lum qilgan.
Karterning so‘zlariga ko‘ra, jangarilarga qarshi harbiy harakatlar havodan ham, yerdan ham amalga oshiriladi.