20:27 / 28.10.2015
3938

Guardian: iqlimning o‘zgarishi Janubi-Sharqiy Osiyo iqtisodiyotiga zarba berishi mumkin

Iqlim o‘zgarishi bilan harorat va namgarchilikning oshishi Osiyo davlatlarida mehnat unumdorligiga ta'sir qilishi mumkin, deb yozmoqda Verisk Maplecroft kompaniyasi tadqiqotlari ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda The Guardian nashri.

O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, keyingi 30 yil ichida Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasida mehnat unumdorligi 16 foizga kamayib ketadi. Haroratning sezilarli ko‘tarilishi tufayli toliqish, bosh aylanishi va tashnalikdan o‘z vaqtida ishga chiqa olmaydigan ishchilar soni ko‘payadi. Shu jumladan, o‘lim bilan yakunlanadigan holatlar ko‘payishi mumkin.

Kompaniya prognozlariga ko‘ra, Singapur va Malayziyada unumdorlik mos ravishda 25 va 24 foizga, Indoneziyada – 21 foiz, Kamboja va Filippinda – 16 foiz, Tailand va Vetnamda 12 foizga kamayib ketadi.

“Iqlim o‘zgarishi odamlarda issiqlik stressi yuzaga kelishiga olib keladi, bu milliy iqtisodiyotlar bilan bir qatorda ishchilarning sog‘lig‘iga ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi”, deb hisoblamoqda kompaniya xodimi Jyeyms Allan.

Tadqiqotchilar 1,3 ming shahardagi mehnat unumdorligi yo‘qotishlarini hisoblagan holda, 50 ta eng katta xatarga uchrashi mumkin bo‘lgan shahardan 20 tasi Malayziyada joylashgan degan xulosaga kelishdi. Haroratning sezilarli ko‘tarilishi va buning oqibatida yuzaga keladigan issiqlik stresslari Kuala-Lumpur, Jakarta va Singapurda katta miqdorda bo‘lishi ehtimoli katta.

Kompaniya boshqa yuqori xavfga ega shaharlar orasida Ispaniyadagi Kartaxenu, Kolumbiyadagi Barrankilyu, Braziliyadagi Manaus va Panamadagi Arrayxan shaharlarini keltirib o‘tdi.

Top