21:50 / 28.10.2015
3990

Iroq qamoqxonasidan ozod etilgan mahbuslarning 17 nafari IShID a'zosi bo‘lib chiqdi

Shimoliy Iroqda AQSh maxsus qo‘shinlarining tunda olib borgan reydi natijasida hibsxonalardan biridagi o‘nlab mahbuslar ozod etilgan. Shulardan 17 nafari IShID terrorchilik guruhi a'zosi bo‘lib chiqdi. Bu haqda Kirkuk shahri ma'muriyati vakili Xolid al-Mufarjiy ma'lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Karka shahridan 55 km uzoqlikda joylashgan Fadha degan joydan ozod etilgan mahbuslar orasidan 17 nafari IShID guruhi terrorchilari bo‘lib chiqqan”.

Al-Mufarjiyning so‘zlariga ko‘ra, “ularning barchasi terrorchilarning ichki qonunlariga bo‘y so‘nmaganlar bo‘lib, rahbarlari tomonidan qamoqqa tashlangan”.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu jangarilar IShIDning bo‘lajak harakatlaridan boxabar bo‘lishlari mumkin. Shu bois ular keyingi haftada sud mahkamalariga topshiriladi.

Top