Jahon | 14:14 / 28.10.2015
2987
1 daqiqa o‘qiladi

Jon Kerri Tojikiston rahbarlari bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qiladi

AQSh davlat kotibi Jon Kerri 2 noyabr kuni Tojikiston oliy rahbariyati bilan uchrashib, mintaqaviy xavfsizlik va hamkorlik masalalarini muhokama qiladi. Bu haqda AQShning Dushanbedagi elchixonasi vakili xabar berdi.

“Tomonlar ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, mintaqaviy muammolar va o‘zaro manfaatga asoslangan boshqa masalalarni muhokama qiladi”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.

Kerri mamlakat prezidenti Emomali Rahmon va tojikistonlik hamkasbi Sirojiddin Aslov bilan uchrashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish