21:58 / 28.10.2015
4077

Kattaqo‘rg‘onda kollej direktori o‘rinbosari 500 dollar pora ustida qo‘lga tushdi

Kattaqo‘rg‘onda kollej direktori o‘rinbosari 500 dollar pora ustida qo‘lga tushdi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, Dilafro‘z Boboyeva ismli ayol qizini kollejga o‘qishga kiritish maqsadida tumandagi kollej direktori o‘rinbosari Zayniddin Sarimsoqovga uchrashgan. Amaldor undan 500 dollar so‘ragan.

Uning talabi noqonuniy ekanligini tushungan ayol tegishli tashkilotlarga arz qilgan. Natijada Sarimsoqov Boboyevadan pora olayotgan chog‘da jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Top