Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 17:17 / 28.10.2015
3413
1 daqiqa o‘qiladi
Manba: Serena Uilyamsning reper Dreykdan homiladorligi haqidagi xabar yolg‘on
Amerikalik tennischi Serena Uilyams rep qo‘shiqchisi Dreykdan farzand kutayotgani haqidagi xabarlar inkor etildi. Bu haqda tennischiga yaqin manbasiga asoslanib, hollywoodlife.com xabar berdi.
Biroz oldinroq, OAVlar tennischining Dreykdan homiladorligi, aynan shu tufayli faoliyatida tanaffus qilgani haqida xabarlar berilgandi.
"Serena homilador emas. U tushkunlikka tushib qolgani va kichik jarohatlarini tuzatish uchun tanaffusga chiqqan. U Dreykdan farzand kutmayapti, ular turmush qurishmagan ham", deydi manba.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish