Maykl Jyekson Forbes jurnalining eng boy marhum yulduzlar reytingida yetakchilik qildi
Amerikalik marhum xonanda Maykl Jyekson Forbes jurnali tanloviga ko‘ra, eng boy marhum yulduzlar reytingida yana bir bor birinchi o‘rinni egalladi.
Qayd etilishicha, o‘limidan beri uning boyligi 1 mlrd dollarga ortgan. Ikkinchi o‘rinda Elvis Presli qayd etilgan (55 mln dollar).
Bu ro‘yxatda uchinchi o‘rin Charli Braun ismli bola va uning Spuni laqabli iti to‘g‘risidagi Peanuts komikslari muallifi, karikaturachi-rassom Charlz Shultsga nasib etdi (40 million dollar).
To‘rtinchi o‘rinni musiqachi Bob Marli (21 mln dollar) egallagan. Beshlikka aktrisa Elizabet Taylor (20 mln dollar) yakun yasagan.
Undan keyingi o‘rinlarda Merilin Monro, The Beatles guruhi vakili Jon Lennon, olim Albert Eynshteyn, yozuvchi va multplikator Teodor Geyzel, aktyor va jangovar san'at ustasi Bryus Li, aktyor Stiv Makkuin, aktrisa Betti Peyj va aktyor Jyeyms Din joy olgan.
Jyeksonning o‘limidan so‘ng uning ikkinchi — Xscape nomli albomi chiqarildi, bundan tashqari, Billboard Music Awards’da xonandaning gologrammasi «chiqish» qildi. Qolaversa 2013 yil oktabridan buyon unga tegishli 3ta villa sotildi.