Jahon | 09:26 / 28.10.2015
5896
1 daqiqa o‘qiladi

Putin MDH davlatlari xavfsizlik xizmatlari rahbarlari bilan uchrashadi

O‘zbekiston delegatsiyasi MDHga a'zo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari Kengashining 39-yig‘ilishida ishtirok etadi.

Kreml matbuot xizmatining xabar berishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin chorshanba kuni delegatsiyalar rahbarlarini qabul qilib, ular bilan Suriya va Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan suhbat o‘tkazadi.

Xususan, MDH davlatlarining aksilterror yo‘nalishidagi faoliyati hamda bu boradagi hamkorligi yuzasidan muhokamalar olib boriladi.

Shuningdek, terrorchilik xavfi yuzasidan axborot almashish haqida so‘z boradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish