Fan-texnika | 17:57 / 28.10.2015
4847
1 daqiqa o‘qiladi

Mercedes Z avlodi uchun miniven o‘ylab topdi

Mercedes-Benz kompaniyasi Vision Tokyo nomli kontseptual minivenni taqdim etdi. Aytilishicha, u Z avlodi uchun, ya'ni 1990 yillar o‘rtalarida tug‘ilgan odamlarga mo‘ljallangan.

Yangi mashinaning gabarit uzunligi 4 803 mm, kengligi – 2 100 mm, balandligi – 1 600 mm.

Kontsept-kar yoqilg‘i yacheykalarida ishlaydigan kuch qurilmasi bilan ta'minlandi. Vodorod va kislorod qo‘shiluvi natijasida elektr dvigatellari uchun elektr energiyasi hosil bo‘ladi. Yurish zaxirasi 980 km ni tashkil qiladi.

Mashinaning multimedia tizimi vositasida turli funksiyalarni uch o‘lchovli gologrammalar yordamida amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Ular salonning orqa qismida paydo bo‘lib, xaritalarni ko‘rish, u yoki bu ilovalarni faollashtirish imkonini beradi.
Bundan tashqari, 5 kishilik miniven 26 dyuymli g‘ildiraklarga ega bo‘ldi.