Fan-texnika | 17:56 / 28.10.2015
4935
2 daqiqa o‘qiladi

Motorola kompaniyasi ekrani sinmaydigan smartfonini namoyish qildi

Motorola kompaniyasi ekrani sinmaydigan Droid Turbo 2 smartfonini ommaga taqdim qildi. Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, mazkur qurilma sinmaydigan monitorli dunyodagi ilk smartfon sanaladi, deb yozmoqda kompaniya rasmiy sayti.

Qurilma ekrani maxsus ShatterShield texnologiyasi bilan himoyalangan. 5,4 dyuymli displey yerga tushib ketgan taqdirda unga zarar keltirishdan himoya qiluvchi besh qatlamdan iborat maxsus qoplama bilan qoplangan. Qoplama zarar ko‘rgan taqdirda uning o‘rnini boshqasi bilan almashtirish mumkin bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchilar ekranning ishlash muddati uchun 4 yillik kafolat berishmoqda.

Venture Beat jurnali muxbiri mazkur qurilma displeyining baquvvatligini tekshirib ko‘rgan. 30 marotaba smartfon ekrani yerga tushirib yuborilganda uning sinmaganini ko‘rish mumkin, lekin uning chetidagi kichik chiziqlar va yoriqlar qayd qilingan.

Droid Turbo 2 smartfoni to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 810 protsessori, takt chastotasi 2 gigagers. Asosiy kamera 21 megapiksel, old kamera esa — besh megapikselni tashkil qiladi. Motorola shuningdek mazkur qurilmani 15 daqiqa davomida zaryadlab, 13 soat mobaynida ishlatish mumkinligini ham xabar qilgan. Umuman olganda batareyka sig‘imi 48 soat ishlash imkonini beradi.

AQShda mazkur smartfon 29 oktabrdan boshlab 624 dollar qiymatida sotuvga chiqariladi.