Jamiyat | 11:18 / 28.10.2015
4067
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Yatsenyuk bosh vazirlikdan ketishi mumkin

Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk 25 oktabr kuni o‘tkazilgan saylovlar yakunlariga ko‘ra iste'foga chiqarilishi mumkin. Bu haqda prezident ma'muriyati vakiliga tayangan holda “Kommersant” nashri xabar bermoqda.

Bu boradagi qaror yaqin bir necha kun ichida qabul qilinishi mumkinligi aytilmoqda. Oliy Radada ko‘pchilikni tashkil qiluvchi to‘rt fraksiyadan iborat “Koalitsiya kengashi”ning kundalik majlislarida ushbu masala muhokama qilinmoqda.

Yatsenyuk mansabdan ketgan taqdirda, uning o‘rnini moliya vaziri Natalya Yaresko egallashi mumkin. Avvalo, nashrda yozilishicha, u amaldagi lavozimida o‘zini samarador boshqaruvchi sifatida ko‘rsata oldi.

Ikkinchidan esa, G‘arb davlatlari uning hukumatga boshchilik qilishiga qarshi bo‘lishmaydi. Nihoyat, Yaresko hali o‘zini siyosatchi sifatida ko‘rsata olmadi, shu bois prezident Pyotr Poroshenko unga raqib sifatida qaramasligi mumkin.