Jamiyat | 18:43 / 28.10.2015
2666
2 daqiqa o‘qiladi

O‘tgan haftada O‘zbekistonda yong‘inlar tufayli 3 kishi halok bo‘ldi

Samarqand shahrida yashovchi fuqaro V.Ivanova uyida to‘shakda sigareta chekib uxlab qolishi natijasida 30 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

Yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasi V.Ivanovaning kuygan holdagi jasadi topilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh shahrida yashovchi fuqaro F.Eldarovning uyida elektr isitish moslamasidan foydalanilib, nazoratsiz qoldirilishi oqibatida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 45 kv. metr maydonda tom qismi hamda qo‘shnisining uyini 85 kv. metr maydonda tom qismi yonib zararlangan.
Jizzax viloyati Arnasoy tumanida yashovchi fuqaro B.Otabekovning uyida ochiq olovdan foydalanishda extiyotsizlik oqibatida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 70 kv. metr maydonda tom qismi yonib zararlangan.

IIV axborot xizmatining xabariga ko‘ra, o‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston hududida 216 marta yong‘in qayd etilgan. Turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan yong‘inlarda 5 nafar fuqaro tan jarohatlari olishgan va 3 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Ushbu yong‘inlarda 325 mln. so‘mdan ortiq qurilish konstruksiyalari va 1 mlrd. 190 mln. so‘mga yaqin moddiy boyliklar yong‘indan saqlab qolingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish