Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zavtosanoat» gm-uzbekistan.com domenini 45 mln so‘m evaziga sotib olishni istamadi
"Podrobno.uz" saytida gm-uzbekistan.com domeni egalari «O‘zavtosanoat» kompaniyasi bilan aloqaga chiqib, domenni 45 mln so‘mga sotib olishni taklif qilishgani haqida xabar berildi.
Ma'lum qilinishicha, domen egalari Rossiyada yashashadi va faoliyat ko‘rsatishadi. Ularning bu taklifi «O‘zavtosanoat» kompaniyasi tomonidan rad etilgan.
Qayd etish kerakki, bu domen ostida faoliyat ko‘rsatadigan sayt internet foydalanuvchilari orasida bir qadar mashhurlikka erishgan. Bu saytda kompaniyaning rasmiy saytidan oldin turli ma'lumotlar, asosan mish-mish ko‘rinishida chiqib turadi.

Biroz oldinroq, aynan shu manba asosida O‘zbekistonning ayrim xabar saytlarida «GM Uzbekistan» kelasi yildan Sonic va Impala rusumidagi yangi avtomobillarni ishlab chiqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgandi.
Ko‘p o‘tmasdan «O‘zavtosanoat» «GM-Uzbekistan.Com» axborotini rad etib, bu saytga asoslanib, xabar tarqatmaslikni so‘ragandi.