O‘zbekiston | 21:46 / 28.10.2015
6719
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston MDH davlatlari bosh vazirlari kengashiga Adham Ikromov boshchiligidagi delegatsiyani yuboradi

O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikramov boshchiligidagi delegatsiya 2015yil 30 oktabr kuni Dushanbe shahrida (Tojikiston Respublikasi) bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Tojikiston yetakchisining MDH davlatlari bosh vazirlari bilan uchrashuvi Dushanbedagi Millat saroyida bo‘lib o‘tadi.

Sammit doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlikning kelgusidagi taraqqiyoti masalasida 30ga yaqin savollar muhokama etiladi. Bundan tashqari, sammitda moliyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish, ijtimoiy, huquqni muhofaza qilish sohalarida muzokaralar o‘tkazilishi kutilmoqda.

Yig‘ilishda MDH iqtisodiy taraqqiyotining uchinchi bosqichi, Yoshlar o‘rtasida hamkorlik strategiyasi, Jismoniy madaniyat taraqqiyoti strategiyasi masalalarining navbatdagi bosqichi haqda so‘z yuritiladi. Bundan tashqari, 2016 yilda tashkilot tuzilganining 25 yillik bayramini o‘tkazish chora-tadbirlari ham muhokama etiladi.

Kengash yig‘ilishlari avval tor, keyin kengaytirilgan tarkibda o‘tadi.

MDH davlatlari rahbarlari kengashi yig‘ilishidan so‘ng OAV vakillari uchun yig‘ilish qatnashchilarining ishtirokidagi matbuot-anjumani bo‘lib o‘tadi.

Dushanbega Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, Moldova, Ozarbayjon va Belarus bosh vazirlarining tashrifi kutilmoqda, ularga tojikistonlik hamkasblari Qohir Rasulzoda qo‘shiladi.

Ukraina MDH davlatlari rahbarlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etmaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish